Angliyada o‘tgan mavsumning eng yaxshi futbolchilari taqdirlandi
Sport
−
30 avgust 2023 3728 1 daqiqa
“Manchester Siti” a’zosi Erling Xoland Angliyada yilning eng yaxshi futbolchisi, “Arsenal” yulduzi Bukayo Saka esa eng yaxshi yosh futbolchi deb e’tirof etildi. Bu haqda Angliya professional futbolchilar assotsiatsiyasi (APFA) o‘z sahifasida ma’lum qildi.
Shuningdek, assotsiatsiya o‘tgan yilgi mavsumning eng yaxshi 11 nafar futbolchisini tanlab oldi. Chempionlik uchun oxirigacha kurashgan “Arsenal” va “Manchester Siti” futbolchilari eng ko‘p o‘rinlarni band etdi – mos ravishda 4 va 5 nafar.
Eng yaxshi jamoa tarkibi quyidagicha: Ramsdeyl – Triper, Stounz, Dias, Saliba – de Bryuyne, Rodri, Edegor – Saka, Holand, Keyn.
Live
Barchasi