Angliya va Argentina muxlislari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi
Sport
−
16 iyul 6187 1 daqiqa
AQSHning Jorjiya shtati, Atlanta shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionati yarim finalidan so‘ng Angliya va Argentina terma jamoalari muxlislari o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi. Bu haqda “The Sun” nashri xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, Argentinaning 2:1 hisobidagi g‘alabasidan keyin “Atlanta” stadioni yaqinida ikki jamoa muxlislari o‘rtasida janjal kelib chiqqan.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, tartibsizliklar oqibatida har ikki tomonning bir necha nafar muxlisi politsiya tomonidan qo‘lga olingan.
Eslatib o‘tamiz, yarim finalda Argentina Angliyani 2:1 hisobida mag‘lub etib, Jahon chempionati finaliga yo‘l olgan edi. Joriy yilning 19 iyul kuni Nyu-Jersi shtatidagi Ist-Raterford shahrida bo‘lib o‘tadigan finalda Argentina Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi. Ispaniya yarim finalda Fransiyani 2:0 hisobida mag‘lub etgan edi.
Live
Barchasi