Andrey Shevchenko Ukraina terma jamoasi murabbiyligidan iste’foga chiqdi
Sport
−
01 avgust 2021
3613Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi Andrey Shevchonko iste’foga chiqayotganini ma’lum qildi. Bu haqida sobiq futbolchining o‘zi Instagram sahifasida yozib qoldirdi.
“Bugun Ukraina futbol assotsiatsiyasi bilan tuzilgan shartnomam yakuniga yetdi. Milliy jamoada 5 yilni o‘tkazdim. Zamonaviy futbol o‘ynay olishimizni isbotladik.
Milliy jamoa bilan ishlash imkoniyatini taqdim etgani uchun prezident va UFA rahbariyatidan minnatdorman. Har bir futbolchi, jamoa hayotida ishtirok etgan har bir kishiga rahmat.
Biz birgalikda futbolimiz raqobatbardosh ekanligini ko‘rsata oldik. Ukrainaga ishonaman”, deydi Shevchenko.
Andrey Shevchenko futbolchilik faoliyati davomida 608 uchrashuvda maydonga tushib, 283 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan. 2004 yilda yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida “Oltin to‘p” sovrinini qo‘lga kiritgan.
2016 yilda Ukraina milliy jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan va 52 uchrashuvda terma jamoani boshqargan. 2020 yilgi Yevropa chempionatida Sheva murabbiyligidagi Ukraina chorak finalga qadar yetib borib, tarixdagi eng yaxshi natijani qayd etdi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15