Andijonda 15 yashar qiz o‘zini kanalga tashlab, joniga qasd qildi

3-sahifa

image

Andijon viloyatida 2010 yilda tug‘ilgan qiz o‘zini kanalga tashlab, joniga qasd qildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ so‘roviga javoban Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Uning bildirishicha, joriy yilning 30 iyun kuni taxminan soat 02:30 larda Marhamat tumanida yashovchi 2010 yilda tug‘ilgan E.M. “Ershi” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Janubiy Farg‘ona kanali ustiga qurilgan avtomobil yo‘li ko‘prigidan kanalga o‘zini tashlab, suvda oqib ketgan.

Tezkor qidiruv ishlari davomida voyaga yetmagan M.E. ning jasadi kecha, 1 iyul kuni Janubiy Farg‘ona kanalining Farg‘ona viloyati Toshloq tumani hududidan oqib o‘tgan qismidan topilgan.

Bildirilishicha, hozirda tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona shahrida 9-sinf o‘quvchisi R.Y. o‘zi yashab turgan 8 qavatli uyning tom qismidan o‘zini tashlab, joniga qasd qilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing