Andijonda 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan fuqaro ushlandi

3-sahifa

image

Andijon viloyatida tanishlari orqali 100 ming dollar miqdorida kredit ajratib berishni va’da qilgan fuqaro qo‘lga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Xorazm va Andijon viloyatlarida noqonuniy yo‘llar bilan imtiyozli kredit olib berishni va’da qilgan shaxslarga qarshi tadbir uyushtirilib, ular qo‘lga olingan.

Xususan, Xorazm viloyatining Hazorasp tumanidagi tadbirda fuqaro T.J. boshqa bir fuqaro O.B.ning ishonchiga kirib, unga go‘yoki Xorazm viloyati tijorat banklarida ishlovchi tanishlari orqali 1,5 mlrd so‘m imtiyozli kredit ajratilishida yordam berishi evaziga 150 mln so‘m pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qolaversa, Andijon viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ham fuqaro U.O. boshqa bir fuqaro B.M.ga go‘yoki Andijon shahar bank xizmatlari markazida ishlovchi tanishlari orqali 3 ming dollar evaziga 100 ming AQSH dollari miqdorida kredit ajratib berishini aytib, shundan 1 000 dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarida ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga tushgandi.


Maqola muallifi

Teglar

dollar Andijon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing