Dollar kursi keskin ko‘tarildi
Jamiyat
−
17:58 6965 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 13 avgust kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 58,63 so‘mga ko‘tarildi va 11 948,58 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi 76 so‘mga balandlab, 13 793,44 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 0,36 so‘mga oshdi va 144,29 so‘mni tashkil qildi.
Xitoy yuani 9,11 so‘mga balandlab, 1771,81 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 200 so‘mga oshdi va 1 mln 829 ming 900 so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 12 avgust Toshkent vaqti bilan soat 17:30 holatiga ko‘ra, bitkoin kursi 1 mln 953 ming 059 so‘mga oshdi va 766 mln 284 ming 980 so‘m etib belgilangan.
Live
Barchasi