Andijon va Toshkentda odamlarni Hajga yuborish bilan aldaganlar ushlandi
3-sahifa
−
30 aprel 5254 2 daqiqa
Andijon viloyati va Toshkent shahrida Haj va umra ziyoratlariga yuborish bilan odamlarni aldab, ularning mablag‘larini o‘zlashtirganlar aniqlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Andijon viloyati IIB tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda 1986 yilda tug‘ilgan shaxs qo‘lga olingan. U “Turistik firmasi” orqali 2025 yilgi Haj ziyoratiga fuqarolarni yuborish bo‘yicha, har bir ziyoratchi uchun 5 000 AQSH dollaridan narx belgilagan. Unga murojaat qilgan mijozning 3 nafar qarindoshini Hajga yuborish uchun jami 15 000 AQSH dollari qilib berishini aytib, kelishilgan pullardan jami 6 000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Toshkent shahrida yashovchi 1997 yilda tug‘ilgan ayol arizachi va uning 2 nafar tanishini Haj va umra ziyoratiga olib borish evaziga har bir fuqaro uchun 4850 AQSH dollaridan talab qilgan. U Sergeli tumanida kimyoviy ishlov berilgan 14 550 AQSH dollarini olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan.
Ichki ishlar vaziri nomiga ariza bilan murojaat qilgan fuqaro Yakkasaroy tumanida faoliyat yurituvchi “KAVSAR TRAVEL” MCHJ direktori umra ziyoratiga yuborgan fuqarolarning Madina shahridagi mehmonxonaga to‘lashi uchun 850 AQSH dollarini unga to‘latishga erishib, shu kunga qadar pullarni qaytarmaganini ma’lum qilib, qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Bundan tashqari, xuddi shu MCHJ direktori umra ziyoratiga borish uchun 70 nafar fuqarolarning umumiy qiymati 42 ming 625 AQSH dollariga teng bo‘lgan aviachiptalarni olib ketib, pullarini shu kunga qadar bermasdan kelgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a“, “b” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayni vaqtda mazkur MCHJdan zarar ko‘rgan fuqarolarning soni 101 nafar ekani aniqlangan. Jamiyat direktori qamoqqa olinib, ayni vaqtda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Mirobod tumanida Haj safariga yuborishni va’da qilib, 4 kishidan 27 200 dollar olgan shaxs ushlangan edi.
Live
Barchasi