Anchelotti YeCHLda qaysi klublar g‘olib bo‘lishi mumkinligini aytdi
Sport
−
12 Oktabr 2023
3469Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Yevropa Chempionlar ligasida 4 ta jamoani favorit hisoblamoqda. Mutaxassis bu haqda “Gazzetta Di Parma” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Real” ustozi g‘oliblik uchun bitta jamoa nomini ajratib ko‘rsatmagan bo‘lsa-da, turnirda ishtirok etayotgan to‘rt klubni chempionlik uchun asosiy da’vogar deb hisobladi.
“YeCHLda asosan "Real”, “Barselona”, “Manchester Siti” va “Bavariya” g‘oliblik uchun kurashadi”, degan Anchelotti.
Ma’lumot uchun, Yevropa Chempionlar ligasi guruh bosqichining 3-tur o‘yinlari 24 va 25 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. “Qaymoqranglilar” 3-turda safarda Portugaliyaning “Braga” klubi bilan bahs olib boradi.