Amerika orzusidagilarni Meksika orqali AQSHga jo‘natmoqchi bo‘lgan “uddaburon” ushlandi (video)
3-sahifa
−
11 iyul 2390 2 daqiqa
Janubiy Koreyaga, shuningdek, Meksika orqali AQSHga noqonuniy yuborishni va’da qilgan “uddaburonlar” ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilishicha, Toshkent shahrida yashovchi, 1994 va 1999 yillarda tug‘ilgan 2 nafar shaxs o‘zaro til biriktirib, fuqarolarning ishonchiga kirgan va tanishlari ko‘magida “G-1” vizasini olib berish orqali ularni Janubiy Koreyaga ishga yuborishni, keyinchalik esa ushbu davlat hududida doimiy yashash uchun guvohnoma tayyorlatib berishni va’da qilgan. “Uddaburonlar” o‘z xizmat haqlari evaziga 55 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 25 ming AQSH dollarini olgan vaqtlarida DXXning Toshkent shahar boshqarmasi va IJQKD xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, Namangan viloyati Kosonsoy tumanida yashovchi, 2001 yilda tug‘ilgan, muqaddam Jinoyat kodeksining 168-modasi (firibgarlik) bilan sudlangan fuqaro o‘zganing ishonchiga kirib, uni noqonuniy yo‘llar bilan Qo‘shma Shtatlarga yuborishni taklif qilgan. Xususan, tanishlari orqali “O‘zbekiston – Turkiya – Ispaniya – Meksika – AQSH” yo‘nalishida jo‘natish evaziga 50 ming AQSH dollari talab qilgan. DXX va IJQKD xodimlari hamkorligida Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunbuzar so‘ralgan pul mablag‘i hisobidan 20 ming AQSH dollarini olgan vaqtida uning noqonuniy harakatiga chek qo‘yilgan.
Bildirilishicha, hozirda har ikki holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Koreya davlatiga ketmoqchi bo‘lgan 20 dan ortiq fuqarolarning istagini Migratsiya agentligidagi tanishlari orqali ro‘yobga chiqarishni aytib, qariyb 200 ming AQSH dollariga chuv tushirgan shaxslar ushlangan edi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust