Alvares “Atletiko” bilan shartnomasini bir tomonlama bekor qilishi mumkin

Sport

image

Argentina terma jamoasi va “Atletiko Madrid” klubi hujumchisi Xulian Alvares Madrid klubi bilan tuzgan shartnomasini bir tomonlama bekor qilishi mumkin. Bu haqda “Mundo Deportivo” nashri xabar berdi.

Bunday holatda Madrid klubiga to‘lanishi lozim bo‘lgan ehtimoliy tovon puli miqdori Ispaniya sudi tomonidan belgilanadi. Mazkur masalada FIFA qoidalari emas, Ispaniya mehnat qonunchiligi qo‘llanilishi mumkin.

Shu sabab Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazishi, “Barselona” esa sud qaroridan so‘ng transfer bilan bog‘liq masalalarni hal qilishi mumkinligi aytilmoqda.

Alvares ayni paytda Argentina terma jamoasi safida 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Barselona” jamoasi “Atletiko Madrid”ga 100 mln taklif qilgan edi. Madridliklar esa ushbu taklifni rad etib futbolchini faqat 500 mlnlik tovon puli to‘langandagina qo‘yib yuborishini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing