Aktyor Husan Musaboyev 71 yoshida vafot etdi

Madaniyat-san’at

image

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan aktyor Husan Musaboyev 71 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi xabar berdi.

Husan Musaboyev – taniqli o‘zbek aktyori va teatr arbobi. U 1954 yil 10 iyunda Toshkent shahrida tavallud topgan. 1976 yilda Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini “Kino va teatr aktyori” bo‘limini tugatgan. Husan Musaboyev o‘zining komedik rollari, xususan, “Televizion miniatyuralar teatri”dagi rollari bilan tomoshabinlar orasida tanilgan. Shuningdek, u “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” unvoniga sazovor bo‘lgan. Husan Musaboyev “Ajoyib xayolparast”, “Bozor ko‘rmagan yigit”, “Anora”, “Hayot mamot”, “Men bu men”, “O‘g‘rigina kelin”, “Er bermoq – jon bermoq”, “Jiblajibon”, “Aldamadim, hazillashdim”, “Ana xolos!”, “Super xizmatkor”, “Yasha, xotin!” kabi ko‘plab filmlardagi o‘ziga xos rollari bilan tomoshabin mehrini qozongan.


Maqola muallifi

Teglar

Aktyor Husan Musaboev “O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing