Aksariyat federatsiyalar qarshi chiqsa, yangi loyiha tashkil etilmaydi – FIFA
Sport
−
31 iyul 1120 2 daqiqa
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) xalqaro federatsiyalarning aksariyati tashabbusni qo‘llab-quvvatlamasa, FIFA yangi tijoriy loyiha tashkil etilmasligini ma’lum qildi. Bu haqda FIFA matbuot xizmati xabar berdi.
“Agar xalqaro assotsiatsiyalarning ko‘pchiligi qo‘llab-quvvatlamasa, FIFA’ning tijorat faoliyati o‘zgarishsiz qoladi. Yangi loyiha taklifi 3 ta asosiy tamoyilga tayanadi: futbol rivoji uchun misli ko‘rilmagan moliyalashtirish imkoniyatlarini yaratish, sportimizning tijorat salohiyatiga haqiqiy global egalikni ta’minlash hamda barcha xalqaro assotsiatsiyalarga demokratik jarayon orqali o‘z taqdirini mustaqil belgilash imkonini berish”, deyiladi bayonotda.
Avvalroq, FIFA prezidenti Janni Infantino Jahon chempionati tijorat huquqlarining bir qismini xususiy investorlarga sotishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. FIFA’ning hisob-kitoblariga ko‘ra, ushbu loyiha orqali 4,2 milliard dollar jalb qilinishi mumkin.
Ma’lumotga ko‘ra, taklifni qo‘llab-quvvatlagan federatsiyalarning har biriga 35 million yevro miqdorida subsidiya va’da qilingan. Qarorni tasdiqlash uchun so‘nggi muddat joriy yilning 19 sentyabr kuni etib belgilangan. Shu muddatdan keyin rozilik bildirgan federatsiyalar qo‘shimcha ravishda taxminan 9 million yevro olishi mumkinligi aytilgan.
Biroq bu tashabbus futbol mutasaddilari, milliy federatsiyalar va qator sport tashkilotlari tomonidan keskin tanqid qilindi. Keyinroq, UEFA ushbu reja bekor qilinmaguncha FIFA homiyligidagi barcha turnirlarni boykot qilishini e’lon qildi. Bu qaror UEFA’ning barcha 55 ta a’zo assotsiatsiyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Live
Barchasi