Akbar Jo‘rayev jahon rekordini o‘rnatdi
Sport
−
11 Oktabr 8116 1 daqiqa
Norvegiyaning Fyorde shahrida o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchi Akbar Jo‘rayev dast ko‘tarishda jahon rekordini o‘rnatdi.
-110 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda qatnashgan Akbar Jo‘rayev dast ko‘tarish mashqida 196 kg, siltab ko‘tarishda esa 228 kg natija bilan dunyo rekordlarini yangiladi. Jo‘rayev har ikki yo‘nalish va umumiy hisob bo‘yicha jami 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritib, 3 karra jahon chempioniga aylandi. U 2021 va 2023 yilgi turnirlarda ham g‘olib bo‘lgandi.

Dast ko‘tarish dasturida to‘rtinchi bo‘lgan Ruslan Nuriddinov siltab ko‘tarish mashqida 228 kg natija qayd etdi. Uning ikki kurash yakunidagi ko‘rsatkichi esa 414 kgni tashkil etdi. Shu tariqa, 33 yoshli Ruslan 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil may oyida Xitoyda bo‘lib o‘tgan og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Akbar Jo‘rayev 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritgandi.
Live
Barchasi