AQSHning yirik aviatashuvchi kemasi Eron yaqiniga yetib keldi

Olam

image

“Nimits” turidagi USS George H.W. Bush aviatashuvchisi Hind okeaniga yetib keldi. Bu haqda AQSH harbiy idorasi matbuot xizmati X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

USS George H.W. Bush bortida minglab harbiy xizmatchilar va o‘nlab zamonaviy qiruvchi samolyotlar bor. “The Washington Post” ma’lumotiga ko‘ra, ushbu kema va uni kuzatib borayotgan zarba guruhi AQSH Prezidenti Donald Tramp ixtiyoridagi harbiy kuchni Eron yaqinida sezilarli darajada oshiradi.

Hozircha kemaga qanday aniq buyruqlar berilishi noma’lum. Nashr manbalaridan birining aytishicha, zarurat tug‘ilganda harbiylar darhol zarbalarni qayta boshlashga tayyor. CNN xabariga ko‘ra, Pentagonda Eron bo‘yicha yangi hujum rejalari ishlab chiqilmoqda va sulh buzilgan taqdirda ular amalga oshirilishi mumkin.

Aviatashuvchi Arab dengiziga yo‘l olar ekan, Qizil dengiz va Bab al-Mandab bo‘g‘ozidan o‘tmaslik uchun Afrikaning janubidan aylanib o‘tgan. AQSH qo‘mondonligi Yaman husiylari tomonidan ehtimoliy raketa hujumlaridan xavotir bildirgan.

Avvalroq, aprel oyida USS Abraham Lincoln Ummon qo‘ltig‘i hududida, Eron sohillaridan taxminan 200 km janubda joylashgani xabar qilingan edi. Shuningdek, USS Gerald R. Ford ham ikki esminets hamrohligida Qizil dengiz hududiga kirgani ma’lum bo‘lgan.

Eslatib o‘tammiz, avvalroq Eron Markaziy banki Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tish uchun joriy etilgan bojlardan ilk daromadlarni qabul qilib olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron aviatashuvchi Nimits

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing