AQSHning Ukrainaga bergan yordami hajmi 135 mlrd dollardan oshdi

Olam

image

Rossiya-Ukraina mojarosi boshlanganidan beri AQSHning Ukrainaga bergan yordamining umumiy hajmi 114,632 milliard yevrodan oshdi. Hozirgi kurs bo‘yicha bu 135,243 mlrd dollarni tashkil etadi. Bu haqda Kil jahon iqtisodiyoti instituti ma’lum qildi.

Ma’lumotlar 2025 yil aprel oyining oxiri holatiga ko‘ra berilgan. Institut materiallarida aytilishicha, AQSH Ukrainaga 64,6 milliard yevro (76,2 milliard dollar) harbiy yordam, 46,6 milliard yevro (54,9 milliard dollar) moliyaviy yordam, gumanitar yordam uchun esa 3,4 milliard yevro (4 milliard dollar) ajratgan.

2025 yilning fevral oyi holatiga ko‘ra, Ukrainada harbiy harakatlar boshlanganidan beri AQSH Kongressi 182,8 milliard dollar miqdoridagi yordamni ma’qullagan. 120 milliard dollardan ortiq mablag‘ to‘g‘ridan to‘g‘ri Kiyevga jo‘natilgan, yana 59 milliard dollar esa mojarolar bilan bog‘liq tadbirlarga, jumladan, Yevropa mudofaasini mustahkamlashga sarflangan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 2 iyul kuni AQSH hukumati Ukraina Qurolli kuchlariga harbiy yordam berishni to‘xtatgandi. Ikki kundan so‘ng, Prezident Donald Tramp yetkazib berish qayta boshlanganini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Ukrainag

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing