AQSHning harbiy samolyot va vertolyoti dengizga quladi

Olam

image

AQSH Harbiy-dengiz kuchlarining F-18 qiruvchi samolyoti va MH-60R Sea Hawk vertolyoti Janubiy Xitoy dengizida halokatga uchradi. Bu haqda CBS News xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kecha, 26 oktyabr kuni harbiy-dengiz kuchlarining qiruvchi samolyoti va vertolyoti Janubiy Xitoy dengizi hududidagi odatiy operatsiyalar vaqtida halokatga uchragan.

Qayd etilishicha, MH-60R Sea Hawk vertolyoti mahalliy vaqt bilan 14:45 atrofida odatiy parvozni amalga oshirayotganda qulab tushgan. Hodisadan taxminan 30 daqiqa o‘tgach F/A-18F Super Hornet qiruvchisi ham odatiy operatsiyalarni bajarayotganda halokatga uchragan. Har ikki ekipaj a’zolari qutqarilgan.

“Tinch okean floti barcha ekipaj a’zolarining ahvoli barqaror ekanini bildirdi. Halokat sabablari o‘rganilmoqda”, deya qo‘shimcha qilingan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning Texas shtatida kichik samolyot qulab, bir nechta yuk mashinalariga urilishi oqibatida ikki kishi voqea joyida vafot etgan edi.

Bunyod Keldiboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh F-18 MH-60R Sea Hawk

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing