AQSHdagi cho‘ldan 300 dan ortiq inson qoldiqlari topildi

Olam

image

AQSHdagi Nevada cho‘lidan 300 dan ortiq inson qoldiqlari topilgan, ammo ular kimga tegishli ekani noma’lum. Bu haqda bugun, 31 oktyabr kuni “The Sun” nashri xabar berdi.

Nashrning yozishicha, Serchlayt shahri yaqinidagi cho‘l hududida kuydirilgan inson qoldiqlari yotgan uyumlar topilgan. Ulardan birortasida ham shaxsni aniqlovchi ma’lumotlar bo‘lmagan.

Yer resurslarini boshqarish byurosi topilgan qoldiqlarning insonlarga tegishli ekanini tasdiqlab, tergov ishlarini boshlagan. Voqea joyidan kul solingan xaltalarni bog‘lashda ishlatiladigan plastik bog‘ichlar va urna bo‘laklari ham topilgan.

“Nevadada shaxsiy yerda kulni sochish taqiqlanmagan bo‘lsa-da, tijoriy maqsadda inson qoldiqlarini tashlab yuborish yoki hurmatsizlik bilan ko‘mish federal qonun va kasbiy etika normalariga zid hisoblanadi”, deyiladi xabarda.

Qoldiqlarni yig‘ish va saqlash mas’uliyatini Palm Mortuaries and Cemeteries kompaniyasi o‘z zimmasiga olgan.

“Biz uchun bu odamlar unutilmasligi va tashlab qo‘yilmasligi muhim. Ular tinch joyda qolishi uchun joy ajratamiz”, deydi kompaniya prezidenti Selena DiLullo.

Yaqin vaqt ichida barcha qoldiqlar Nevada janubidagi qabristonlardan biridagi umumiy daxmaga joylashtiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Nevada inson qoldiqlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing