AQSHda tez tibbiy yordam vertolyoti qulab tushdi

Olam

image

Kecha, 6 oktyabr kuni AQSHning Kaliforniya shtati Sakramento shahrida tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi Reach vertolyoti qulashi oqibatida uch kishi jabrlandi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 6 oktyabr kuni soat 19:00 atrofida vertolyot Kaliforniya universitetining “Devis” tibbiyot markazidan havoga ko‘tarilgan va halokatdan bir necha daqiqa oldin shimolga qarab yo‘l olgan. Bortida uchuvchi, hamshira va feldsher bo‘lgan vertolyot  50 avtostrada, 59-ko‘cha yaqinida yerga qulagan.

Sakramento o‘t o‘chiruvchilar kapitani Jastin Silviyaning aytishicha, jabrlangan ikki ayol va bir erkak og‘ir ahvolda mahalliy shifoxonaga olib ketilgan. Xodimlardan biri vertolyot ostida qolib ketgani sabab mahalliy fuqarolarning yordami bilan olib chiqilgan. Voqea joyiga soat 19:08 atrofida yong‘in o‘chirish xizmati xodimlari va tez yordam mashinasi jo‘natilgan.

Kaliforniya yo‘l patrul xizmati vakili ofitser Maykl Xarper halokat avtomobil yo‘llarini to‘sib qo‘yganini aytib, yo‘l uzoq vaqtga yopilishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Avstraliyaning Sidney shahri janubi-g‘arbida bortida bir necha kishi bo‘lgan vertolyot avtomobil ustiga qulab tushgan edi.

Bunyod Keldiboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh vertolyot tez tibbiy yordam Kaliforniya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing