AQSHda Ozarbayjon elchixonasi mashinasiga hujum qilindi

Olam

image

Ozarbayjonning AQSHdagi elchixonasiga tegishli xizmat avtomobili Vashingtonna o‘qqa tutildi. Bu haqda mamlakat TIV bayonot berdi.

“10 oktyabrdan 11 oktyabrga o‘tar kechasi Ozarbayjonning Vashingtondagi elchixonasining xizmat mashinasi hujumga uchradi. Voqea yuzasidan diplomatik missiya zudlik bilan AQSHning tegishli tuzilmalarini xabardor qildi, videolavhalar taqdim etildi”, deyiladi bayonotda.

Qayd etilishicha, bugun, 12 oktyabr kuni sodir bo‘lgan voqea munosabati bilan AQSHning vaqtinchalik ishlar vakili Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi hamda unga voqeadan jiddiy xavotir va norozilik bildirildi. 

Shuningdek, Ozarbayjon diplomatik vakolatxonasi xavfsizligini ta’minlash talabini jiddiy qabul qilish kerakligi ta’kidlangan.

Qayd etish kerakki, bu Ozarbayjon diplomatik missiyasiga uyushtirilayotgan ilk hujum emas. Joriy yilning 18 sentyabr kuni Ozarbayjonning Fransiyadagi elchixonasiga tajovuzkor kayfiyatdagi arman diasporasi vakillari hujum qilgandi. 

Joriy yilning 4 avgust kuni esa Ozarbayjonning Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi elchixonasi radikal diniy guruh hujumiga uchradi. Shaxsi noma’lum bir necha kishi elchixonaga bostirib kirib, bino ayvonida diniy bayroqlarni ochib, radikal shiorlarni aytgan. Mahalliy politsiya aralashuvi bilan vandalizm to‘xtatilgan va jinoyatchilar qo‘lga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon

Baholaganlar

95

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing