AQSH va Kanada aeroportlarida HAMASni qo‘llab-quvvatlovchi bayonotlar yangradi

Olam

image

AQSH va Kanadadagi to‘rt aeroportning ogohlantirish tizimlari buzilib, efirda Falastin harakati HAMASni qo‘llab-quvvatlovchi va AQSH hamda Isroil rahbarlarini tanqid qiluvchi so‘zlar yangradi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea Pensilvaniyadagi Garrisberg xalqaro aeroporti hamda Kanadadagi Kelouna, Viktoriya va Vindzor aeroportlarida sodir bo‘lgan. Hujum oqibatida aerodromlar faoliyatida uzilishlar yuzaga kelib, bir qancha reyslar kechiktirilgan.

AQSH transport vaziri Shon Daffi bu holatni “mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydigan” deb atagan va u bu holat yo‘lovchilarni qo‘rqitishini ta’kidlagan. Shuningdek, u Federal aviatsiya boshqarmasi Garrisberg aeroporti bilan hamkorlikda ushbu xakerlik holatini aniqlash ustida ishlayotganini ma’lum qilgan.

“Kimdir ogohlantirish tizimiga kirib, ruxsatsiz audioyozuvni efirga uzatdi. Xabar siyosiy mazmunda edi; aeroport, aviakompaniyalar yoki yo‘lovchilarga qarshi tahdid mavjud emas edi”, deydi Garrisberg aeroporti matbuot kotibi.

Nashrga ko‘ra, hodisa bo‘yicha tergov ishlari davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Kanada

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing