AQSH va Isroil hujumlari: Eronda yaradorlar 15 mingdan oshdi

Olam

image

AQSH va Isroilning Eronga uyushtirgan hujumlari oqibatida 15 mingdan ortiq kishi jabrlandi. Bu haqda Eron Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, “Tasnim” xabar berdi.

“AQSH va Isroil tomonidan (28 fevralda) majburan boshlangan urushdan beri mamlakatimiz fuqarolaridan 15 mingdan ortiq kishi jarohat oldi”, deyiladi bayonotda.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu shaxslardan 12 495 nafari davolanib, shifoxonadan javob berilgan, yana 1682 kishi hamon statsionar sharoitda qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron Isroilni kassetali o‘q-dorilar bilan jihozlangan raketalar orqali o‘qqa tutgandi. Hujum oqibatida Isroilning markaziy qismida bir kishi halok bo‘lgan, yana ikki kishi jarohatlangan.

8 mart holatiga ko‘ra, Isroilda Eron zarbalari oqibatida 11 kishi halok bo‘lgan. Eronda esa mustaqil baholashlarga ko‘ra, Isroil va AQSH hujumlari qurbonlari soni 1200 kishidan oshgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing