AQSH ukrainalik muhojirlarni qabul qilishni to‘xtatdi

Olam

image
AQSH markaziy osiyolik migrantlarni Kosta-Rikaga deportatsiya qiladi north_east

AQSH markaziy osiyolik migrantlarni Kosta-Rikaga deportatsiya qiladi

AQSH hukumati Lotin Amerikasi davlatlari va Ukraina fuqarolarining mamlakatga kirish uchun immigratsiya arizalarini qabul qilishni to‘xtatdi. Bu haqda SBC News xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar AQSHning sobiq prezidenti Jo Bayden  davrida kuchga kirgan  immigratsiya bilan bog‘liq dasturlarni bekor qilgan. Shuningdek, Ukraina va Lotin Amerikasi davlatlari fuqarolarining mamlakatga kirish uchun immigratsiya arizalarini qabul qilmasligini aytgan.

Bildirilishicha, hukumat amaldorlari mamlakatda firibgarlikning potensial holatlarini aniqlash, milliy va jamoat xavfsizligi bilan bog‘liq tartib-qoidalarni yaxshilash maqsadida dasturni noma’lum muddatgacha muzlatgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2023 yil sentyabriga qadar ushbu dastur orqali AQSHga 150 mingdan ortiq ukrainaliklar kirgan.

“Ilgari bu haqda ogohlantirilmaganligi uchun bu qaror immigratsiya imtiyozlari uchun ariza berish jarayonida bo‘lgan ko‘plab muhojirlarni xavotirga solishi mumkin. Talabgorlarning aniq soni noma’lum bo‘lsa-da, arizalarni to‘xtatish Bayden ma’muriyati davrida tashkil qilingan bir nechta migratsiya dasturlariga nisbatan amal qiladi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, AQSH Prezidenti Donald Tramp qattiqqo‘l antimigratsiya siyosati bilan tanilgan va saylovlarda g‘alaba qozonishidan oldin ham jinoyatchilarni chiqarib yuborish uchun Amerika tarixidagi eng yirik deportatsiya dasturini boshlashga va’da bergan edi. U prezidentlikning birinchi kunida AQSHda boshpana so‘rovchilar uchun chegarani kesib o‘tishga imkon bergan CBP one ilovasini yopishni buyurdi. 23 yanvar kuni Tramp noqonuniy muhojirlarga AQSH-Meksika chegarasidan o‘tishni taqiqlab, davlat idoralariga bunday yo‘l bilan mamlakatga kirganlarni deportatsiya qilish vakolatini berdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Ichki xavfsizlik vazirligining Fuqarolik va immigratsiya xizmati (USCIS) bo‘limi immigrantlarga mamlakatda vaqtincha yashash imkonini beruvchi bir qator dasturlarni to‘xtatish bo‘yicha ko‘rsatma bergan edi.

Bunyod Keldiboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Ukraina muhojirlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing