AQSH Ukrainaga F-16 berishga rozi bo‘ldi. Faqat birovnikini
Olam
−
18 avgust 2023 8942 1 daqiqa
Amerika Qo‘shma Shtatlari Daniya va Niderlandiyaning F-16 qiruvchi samolyotlarini Ukrainaga topshirishga rozi bo‘ldi. Bu haqda “Reuters” agentligi manbaga tayanib xabar berdi.
Nashrning qayd etishicha, ukrainalik uchuvchilarni F-16 da uchish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari tugagandan so‘ng, davlatlar Kiyevga qiruvchi samolyotlarini jo‘natadi.
AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken allaqachon Daniya va Niderlandiyadagi hamkasblariga Vashington bu harakatni qo‘llab-quvvatlashi haqida maktub yo‘llagan.
"Men buni Qo‘shma Shtatlar nomidan Ukrainaga F-16 qiruvchi samolyotlarini topshirishni va ukrainalik uchuvchilarni malakali instruktorlar tomonidan o‘qitishni to‘liq qo‘llab-quvvatlashni bildirish uchun yozyapman", deydi Blinken.
AQSH Davlat kotibining so‘zlariga ko‘ra, uchinchi davlatlar tomonidan yetkazib berish bo‘yicha so‘rovlarning ma’qullanishi birinchi uchuvchilar guruhi o‘qishni yakunlashi bilanoq Ukrainaga yangi imkoniyatlardan foydalanish imkonini beradi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ukraina Qurolli kuchlari Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi vakili Yuriy Ignat kelasi bahorgacha mamlakati Amerikaning F-16 qiruvchi samolyotlarini qabul qila olmasligini ma’lum qilgandi.
Live
Barchasi