AQSH Ukraina bilan kelishuvga erishmadi – Marko Rubio

Olam

image

AQSH hukumati tabiiy resurslar bo‘yicha Ukraina bilan kelishuvni tasdiqlashni hali yakunlagani yo‘q. Bu haqda AQSH Davlat kotibi Marko Rubio “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida so‘z ochgan.

Uning aytishicha, ushbu kelishuv ustida ishlar davom etmoqda, lekin haligacha kelishuvga erishilgani yo‘q.

“Men buni tasdiqlay olmayman. Moliya vaziri Bessent kelishuv ustida ishlamoqda. Menda bo‘lgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, biz kelishuv bo‘yicha kelishib olishga juda yaqin bo‘lganimiz”, degan u telekanalga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ko‘plab OAVlar ukrainalik manbalarga tayanib, Ukraina va AQSH tabiiy resurslar bo‘yicha bitim shartlariga kelishib olgani, Vashington dastlab taklif qilingan eng qat’iy shartlardan, xususan, AQSH Ukraina qazilma boyliklaridan olinadigan potensial 500 milliard dollar daromadga egalik qilish talabidan kechgani haqida xabar berilgandi. Qolaversa, Oq uy matbuot kotibi Karolina Livitt jurnalistlar bilan bo‘lgan uchrashuvda Qo‘shma Shtatlar Ukraina resurslarini o‘zlashtirish bo‘yicha bitim tuzishda “marraga juda yaqin”, ammo hujjat Vladimir Zelenskiyning Vashingtonga bo‘lajak tashrifi vaqtida imzolanmasligi mumkinligi haqida gapirgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Tramp Oq uyda Zelenskiyni kutmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina Ukraina Marko Rubio

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing