AQSH somalilik hakam bo‘yicha tushuntirish berdi

Sport

image

Somalilik hakam Umar Artanning AQSHda bo‘lib o‘tadigan 2026 yilgi Jahon chempionatiga kirishiga ruxsat berilmagani mamlakatga nisbatan siyosiy munosabat bilan bog‘liq emas. Bu haqda Oq uyning Jahon chempionati bo‘yicha maxsus ishchi guruhi rahbari Endryu Juliani ma’lum qildi. 

Atlantika kengashi tadbirida so‘zga chiqqan Juliani somalilik hakamning AQSHga kiritilmagani Prezident Donald Trampning Somali haqidagi tanqidiy bayonotlari bilan bog‘liqligi haqidagi fikrlarni rad etdi.

Uning aytishicha, AQSH ma’muriyati Jahon chempionati turli millat, din va irq vakillarini birlashtiruvchi musobaqa bo‘lishini ta’minlash tarafdori.

“Prezident bir masalada qat’iy pozitsiyaga ega va men buni to‘liq qo‘llab-quvvatlayman: Jahon chempionati munosabati bilan bo‘ladimi yoki boshqa sabab bilanmi, AQSH xavfsizligiga tahdid soluvchi shaxslarning mamlakatga kirishiga yo‘l qo‘yilmaydi”, deydi Juliani.

Eslatib o‘tamiz, Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) somalilik hakam Umar Artan AQSHga kirishi taqiqlangani sababli 2026 yilgi Jahon chempionati uchrashuvlarida ishlay olmasligini tasdiqlagan edi. Umar Artan Jahon chempionati final bosqichi hakamlari ro‘yxatiga kiritilgan ilk somalilik hakam hisoblanadi. U 2025 yilda Afrika futbol konfederatsiyasi (CAF) tomonidan qit’aning eng yaxshi hakami deb e’tirof etilgan.

Ma’lumot uchun, Somali fuqarolari AQSH vizasi bo‘yicha cheklovlarga duch keladigan davlatlar ro‘yxatiga kiradi. Bunda diplomatlar va AQSH manfaatlariga xizmat qiluvchi ayrim toifadagi safarlar uchun istisnolar mavjud.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Jahon chempionati Umar Artan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing