AQSH Maduroning o‘g‘liga ham ayblov qo‘ydi

Olam

image

Kecha, 3 yanvar kuni AQSH Venesuelaga zarbalar berdi, sobiq prezident Nikolas Maduroni qo‘lga oldi va uni narkoterrorizmda aybladi. AQSH Adliya vazirligi Nikolas Maduro va uning turmush o‘rtog‘i Siliya Floresga nisbatan qo‘yilgan ayblovlar ro‘yxatini oshkor qildi.

Ayblovlarga ko‘ra, Maduroga to‘rt martagacha umrbod qamoq jazosi tahdid solmoqda.

Hujjatda aytilishicha, “25 yildan ortiq vaqt davomida Venesuela yetakchilari jamoatchilik ishonchini suiiste’mol qilgan va bir vaqtlar qonuniy bo‘lgan institutlarni korrupsiyaga botirgan holda, AQSHga tonnalab kokain olib kirish uchun ulardan foydalangan.”

Shuningdek, ayblanuvchilar orasida Maduroning o‘zi va rafiqasidan tashqari quyidagi shaxslar ham borligi qayd etilgan:

  • Venesuela prezidentining o‘g‘li Nikolas Maduro (kichik);
  • sobiq adliya vaziri Ramon Rodriges Chasin;
  • Ichki ishlar va adliya vaziri Diosdado Kabelyo Rondon;
  • “Tren de Aragua” jinoiy guruhi yetakchisi Ektor Rastenford Gerrero Flores.

Esaltib o‘tamiz, 3 yanvarga o‘tar kechasi Venesuela poytaxti Karakas shahrida bir necha portlashlar sodir bo‘lgandi. Keyinroq AQSH Prezidneti Donald Tramp Nikolas Maduro va uning rafiqasi qo‘lga olinib, AQSHga olib ketilganini ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSH maxsus xizmatlari Maduroni va uning rafiqasi Siliya Floresni to‘shagidan olib chiqib ketgan. Vashington Venesuelaga qarshi operatsiyada 150 ta samolyotni ishga solgan. Hozirda ular Nyu-Yorkdagi tergov izolyatorida saqlanmoqda.

Venesuela Oliy sudi mamlakat vitse-prezidenti Delsi Rodrigesni davlat rahbari Nikolas Maduroning o‘g‘irlab ketilishi munosabati bilan vaqtincha prezident vazifasini bajaruvchi etib tayinlashga qaror qildi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Venesuela umrbod qamoq Maduroning o'g'li

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing