AQSH xokkey jamoasi Tramp bilan uchrashishdan bosh tortdi (video)
Sport
−
24 fevral 7119 2 daqiqa
Xokkey bo‘yicha AQSH ayollar xokkey terma jamoasi Donald Tramp bilan uchrashuvda qatnashishdan bosh tortdi. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Olimpiada oltin medalini qo‘lga kiritgan jamoa 24 fevral kuni Vashingtonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan marosimlarda ishtirok etmaydi. Sportchilar Trampning Ittifoq holati haqidagi nutqida qatnashish hamda shaxsiy uchrashuv o‘tkazish taklifini rad etgan.
Garchi jamoaning tezkor parvozi uchun maxsus harbiy samolyot ajratilgan bo‘lsa-da, terma jamoa vakili xokkeychilar avvaldan belgilangan ta’lim va ish majburiyatlari sabab tashrifni amalga oshira olmasligini bildirgan.
Avvalroq, Donald Tramp xokkey bo‘yicha Olimpiada o‘yinlari finalidan so‘ng o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida sun’iy intellekt yordamida yaratilgan videoni joylagan, unda Tramp muz ustida xokkey o‘ynayotgani tasvirlangan. Video AQSH terma jamoasining qishki Olimpiadadagi xokkey bo‘yicha g‘alabasiga bag‘ishlangan. Finalda AQSH Kanadani 2:1 hisobida mag‘lub etgandi.
Rasmiy bayonotda jamoa taklif uchun minnatdorlik bildirgan holda, tashrif jadvalini o‘zgartirishning imkoni bo‘lmaganini ta’kidlagan.
“Biz oltin medalni qo‘lga kiritgan AQSH ayollar xokkey terma jamoamizga bildirilgan e’tibor va taklif uchun chin dildan minnatdormiz hamda ularning ajoyib yutuqlari e’tirof etilganidan mamnunmiz”, deyiladi bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 19 fevral kuni Milanda xokkey bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi Olimpiada finalida AQSH ayollar terma jamoasi Kanadani mag‘lub etib, Olimpiada chempionligini qo‘lga kiritgandi.
Live
Barchasi