AQSH g‘arbidagi yong‘inda kamida 23 kishi halok bo‘ldi
Jamiyat
−
12 sentabr 2020 5502 1 daqiqa
AQSHning g‘arbiy qismida tarixiy yong‘inlar avj olmoqda. Quruq va issiq ob-havo yong‘inning kuchayishiga sabab bo‘lyapti. Kuchli shamol esa uning tezda atrofga tarqalishiga zamin yaratmoqda.
Amerika Qo‘shma Shtatlarining g‘arbiy qismidagi tarixiy o‘rmon yong‘inlarida o‘nlab odamlar bedarak yo‘qolgan va kamida 23 kishi vafot etgan deb, taxmin qilinmoqda. Bu haqda "The Guardian" ma’lumot berdi.
Oregon shtatidagi Portlend aholisi kecha, 11 sentyabr tongini quyuq tutun qoplagan to‘q sariq rangdagi osmon bilan qarshi oldi. Oregon shtati gubernatori Keyt Braunning aytishicha, 40 mingdan ziyod oregonlik evakuatsiya qilingan.
Eng ko‘p zarar ko‘rgan Kaliforniya, Oregon va Vashington shtatlaridagi yuzga yaqin o‘rmon yong‘inlari yuqori harorat sharoitida rekord landshaftlarni qamrab olgan.
Portlend meri Ted Uiller yong‘inda favqulodda holat e’lon qildi, evakuatsiya markazlarini faollashtirishga, shaharning uysiz aholisi uchun maxsus binolarni yaratishga imkon berdi. Portlend 11 sentyabr kuni havo sifati eng yomon bo‘lgan shahar deb topilgan.
Ma’lumot uchun, AQSH Prezidenti Donald Tramp tabiiy ofat munosabati bilan Kaliforniya shtatida maxsus rejim joriy etgandi.
Oq uy rahbari mamlakatning ushbu qismida davom etayotgan yong‘inlarga qarshi kurash uchun federal yordam paketini ajratish to‘g‘risidagi qarorni ma’qullagan.
Rushanabonu Sultonova
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28