AQSH Eronning tahdidlari tufayli Yaqin Sharq bo‘yicha muhim qaror qabul qildi
Olam
−
04 yanvar 2021
6373Eronning tahdidlaridan so‘ng AQSH “Nimits” aviatashuvchi kemasini Fors ko‘rfazidan olib chiqmaslikka qaror qildi. Bu haqda AQSH mudofaa vaziri Kris Millerning bayonoti Pentagon veb-saytida e’lon qilindi.
“Yaqinda Eron rahbarlarining Prezident [Donald] Tramp va AQSHning boshqa rasmiylariga bo‘lgan tahdidlariga javoban men “Nimits”ning odatdagi harakatini to‘xtatishni buyurdim. “Nimits” AQSH Markaziy qo‘mondonligi operatsiyalar zonasida navbatchilikda qoladi. Hech kim AQSHning qat’iyatliligiga shubha qilmasligi kerak”, deyiladi Millerning bayonotida.
Vazir qanday tahdidlar haqida gap ketayotganiga aniqlik kiritmagan.
Joriy yilning 2 yanvar kuni CNN manbalari Eron Fors ko‘rfazidagi dengiz kuchlari qismining jangovar tayyorgarlik darajasini oshirgani haqida xabar berdi. Telekanal Tehronning harbiy faoliyati Islomiy inqilob gvardiyasi korpusining elita “Al-Quds” bo‘limi qo‘mondoni, general-mayor Qosim Sulaymoniy vafot etganiga bir yil to‘lishi arafasida kuchayib borayotganini taxmin qilgan. Sulaymoniy 2020 yil 3 yanvarga o‘tar kechasi Bag‘doddagi xalqaro aeroport yaqinida AQSHning havo hujumi oqibatida vafot etgandi.
LiveBarchasi