AQSH endi hech kimga siyosiy boshpana bermaydi – Oq uy vakili
Olam
−
26 iyun 1727 2 daqiqa
AQSH endilikda siyosiy boshpana so‘rovchilarni qabul qilmaydi. Bu haqda kecha, 26 iyun kuni Oq uy apparati rahbarining o‘rinbosari Stiven Miller bayonot berdi.
“Biz shunday kelishuvlarni ishlab chiqdikki, agar siz boshpana so‘rab murojaat qilsangiz, biz sizni qabul qiladigan dunyodagi boshqa biror mamlakatni topib beramiz”, deydi u va bu qarorni “juda oddiy va ajoyib” deb atagan.
U, shuningdek, AQSHning Meksika bilan chegarasida nazoratni kuchaytirish zarurligini yana bir bor ta’kidlagan.
“Janubi-g‘arbiy chegarada topshiriladigan barcha boshpana so‘rovlari doim soxta bo‘ladi”, deydi amerikalik mulozim.
Stiven Millerning aytishicha, boshpana so‘rab qilingan murojaatlarning aksariyati asossizdir, chunki arizachilar go‘yoki hech qanday ta’qiblarga uchramaydi va mamlakatga kirish uchun shunchaki migratsiya tizimidan foydalanadi. U, shuningdek, bu kabi migrantlar AQSHga yetib borguniga qadar boshqa mamlakatlarda boshpana so‘rab ariza topshirishlari kerak bo‘lganligini aytgan.
Bundan tashqari, u ariza beruvchilarning sezilarli qismini iqtisodiy migrantlar yoki ijtimoiy imtiyozlar qidirib yurgan shaxslar sifatida tavsiflagan, shuningdek, ularning ko‘pchiligi chegarani kesib o‘tish uchun jinoiy tarmoqlar xizmatidan ongli ravishda foydalanishini ta’kidlab, buni “ma’naviy jihatdan qabul qilib bo‘lmas holat” deb atagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Oliy sudi federal chegara xizmati xodimlariga Amerika grin-kartasiga ega bo‘lgan shaxslarni deportatsiya qilish imkonini beruvchi qaror qabul qilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi