AQSH diplomatlari 12 yil ichida ilk bor Damashqqa bordi

Olam

image

2012 yildan beri birinchi marta AQSHning uchta yuqori martabali diplomati Suriya poytaxti Damashqqa bordi. Bu haqda “The Washington Post” nashri xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, AQSH davlat departamentining Yaqin Sharq masalalari bo‘yicha katta maslahatchisi Deniyel Rubinshteyn Davlat departamentining Suriya bo‘yicha diplomatik faoliyatni boshqaradi. Shuningdek, delegatsiya tarkibiga AQSH Davlat kotibining Yaqin Sharq masalalari bo‘yicha yordamchisi Barbara Lif va Prezidentning garovga olinganlar bo‘yicha maxsus vakili Rojer Karstens ham Suriyaga tashrif buyurgan. Bu tashrif AQSHning Suriyadagi elchixonasi yopilganidan keyingi birinchisi bo‘ldi.

Davlat departamenti bayonotiga ko‘ra, diplomatlar AQSHning Suriyada elchixonasini ochish imkoniyatlarini baholashga harakat qiladi. Bundan tashqari, tashrifning asosiy maqsadlari sirasiga 12 yildan ko‘proq vaqt avval Suriyada g‘oyib bo‘lgan amerikalik jurnalist Ostin Tays hamda terapevt Majd Kamalmazning qayerdaligini aniqlash ham kiradi. Diplomatlar Suriyaning yangi hukumat vakillari bilan ham muzokaralar olib boradi, biroq ular uning rahbari al-Jo‘loniy bilan uchrashadimi yoki yo‘qmi, hozircha aniq emas.

Ma’lumot uchun, amerikalik jurnalist Ostin Tays 12 yil oldin Damashq yaqinida o‘g‘irlab ketilganidan beri bedarak yo‘qolgan, terapevt Kamalmaz esa 2017 yilda g‘oyib bo‘lgan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17 dekabr kuni Damashqdagi nemis diplomatlari ham ilk bor “Hayat Tahrir ash-Shom” guruhi rahbari Ahmad ash-Shara (taxallusi Abu Muhammad al-Jo‘loniy) bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa o‘rnatgandi.

Diyorjon Quvondiqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Suriya Damashq diplomatla

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing