AQSH 150 ga yaqin yadroviy snaryadni Yevropaga joylashtirdi – ICAN 

Olam

image

AQSH hech qanday rasmiy bayonotlarsiz 150 ga yaqin yadroviy snaryadlarini  Yevropadagi aviabazalarga joylashtirdi. Bu haqda Yadroviy qurolni taqiqlash bo‘yicha xalqaro kampaniya (ICAN) koordinatori Alisiya Sanders-Zakrega tayanib, RIA Novosti xabar berdi. 

Mustaqil ekspertlarning hisob-kitoblari natijasida AQSH o‘zining yadroviy kallaklarini Germaniya, Belgiya, Gollandiya, Turkiya va Italiyadagi aviabazalarga joylashtirgani aniqlangan. 

Alisiya Sanders-Zakrening aytishicha, ICAN bunday turdagi qurollarning har qanday Yevropa davlatiga joylashtirilishidan xavotirda. Sanders-Zakre, shuningdek, 1962 yilgi Kuba raketa inqirozini eslagan va bunday harakatlar yadroviy urush xavfini oshirishini ta’kidlagan. U bunday vaziyatda butun dunyoni yadroviy qurollarga nisbatan shaffoflikka chaqirib keluvchi Yevropa davlatlari “ochiqchasiga ikkiyuzlamachilik qilayotganini” qo‘shimcha qilgan. 

“Shu sababli shaffoflikni yaxshilash uchun vositalarni ko‘rib chiqish va savollar berish juda muhim: bu bombalar nima va ular qayerga joylashtirilgan?", deydi Sanders-Zakre. 

Ma’lumot uchun, ICAN 2007 yilda asos solingan xalqaro jamoatchilik tashkiloti bo‘lib, uning maqsadi yadro qurolini taqiqlash to‘g‘risidagi shartnomani tasdiqlash va amalga oshirishga ko‘maklashishdan iborat. Tashkilot 2017 yilda tinchlik uchun “Nobel” mukofotiga sazovor bo‘lgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Belarus hududiga taktik-yadroviy qurollarini joylashtirishi ma’lum qilingandi. Bu bo‘yicha harakatlar esa allaqachon boshlab yuborilgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh yadroviy snaryad

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing