AQSH 130 ta davlat bilan tariflar bo‘yicha muzokara olib bormoqda
Olam
−
14 aprel
1509130 davlat AQSH ma’muriyati bilan bog‘lanib, tariflar bo‘yicha muzokaralar olib borish istagini bildirdi. AQSH allaqachon ular bilan muzokaralarni boshlagan. Bu haqda Oq uy Milliy iqtisodiy kengashi direktori Kevin Hasset CNN telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Xitoy bilan bog‘liq jarayon bor. U boshlang‘ich bosqichida”, dedi Hassett .
Kecha, 13 aprel kuni AQSH Savdo vaziri Govard Lutnik ham AQSH Xitoy bilan savdo aloqalari bo‘yicha vositachilar orqali “yumshoq muloqot” boshlaganini e’lon qildi.
9 aprel kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp 75 dan ortiq davlatga tariflar joriy etishni 90 kunga qoldirdi. Bunga javoban Yevropa Ittifoqi Qo‘shma Shtatlarga qarshi qarshi choralar qo‘llashni to‘xtatdi. Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen YeI Tramp bilan muzokaralar o‘tkazish imkoniyatini bermoqchi ekanini aniqladi. Xitoy tovarlariga bojlar 145% gacha oshirildi.
Eslatib o‘tamiz, 11 aprel kuni Trampning savdo bo‘yicha maslahatchisi Piter Navarro AQSH Prezidenti ma’muriyati 90 kun ichida 90 ta savdo bitimi tuzmoqchi ekani – 75 dan ortiq davlatga nisbatan oshirilgan tariflarni joriy etish shu vaqtgacha qoldirilganini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi