AQSH husiylarning qurol omborlariga zarba berdi

Olam

image

AQSH harbiylari bugun, 5 may kuni husiylar nazoratidagi Sana shahrida joylashgan nishonlarga bir qator zarbalar berdi. Bu haqda “Al Arabiya”telekanali xabar berdi.

Uning manbalariga ko‘ra, AQSH Sana janubidagi As-Savad hududida husiylar tomonidan qurol saqlash uchun foydalanilgan omborlarga kamida uchta havo hujumi uyushtirgan.

Avvalroq husiylar nazoratidagi “Al Masirah” telekanali AQSH Sana va Al-Xudeyda provinsiyasidagi Ras-Iso portiga qator zarbalar bergani haqida xabar bergan edi.

Eslatib o‘tamiz, 15 mart kuni Qo‘shma Shtatlar Prezident Donald Trampning buyrug‘i bilan Yaman hududining uchdan bir qismini nazorat qilayotgan hutiy nishonlariga yirik zarbalar berishni boshlagandi. AQSH Markaziy qo‘mondonligi operatsiya Amerika manfaatlarini himoya qilish va navigatsiya erkinligini ta’minlashga qaratilganini bildirdi. Bunga javoban husiylar harakati Qizil dengiz shimolida Harry Truman aviatashuvchi kemasiga qator hujumlar uyushtirdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Yaman husiylar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing