AQSH “Hayat Tahrir ash-Shom”ni terroristik tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarishi mumkin
Olam
−
11 dekabr 2024 5400 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati “Hayat Tahrir ash-Shom”ni xorijiy terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda NBC News xabar berdi.
Unga ko‘ra, bu qarordan yagona maqsad yangi hokimiyatni dunyo tan olishidir.
Manbalarning ta’kidlashicha, guruhning terrorchilar ro‘yxatidan olib tashlanishi “tez orada” amalga oshishi mumkin. Biroq yana bir manba munozaralar hali boshlang‘ich bosqichda ekanini ta’kidlagan.
Oldinroq AQSH amaldorlaridan biri bu haqida hech qanday ma’lumot yo‘qligini ta’kidlagan.
“Hozirgi vaqtda guruhga nisbatan siyosatni o‘zgartirish haqida hech qanday xabar yo‘q, ammo ma’muriyat guruh harakatlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda”, degan u.
Qayd etilishicha, agar guruhdan terrorchilik maqomi olib tashlansa, guruh rahbari haqidagi ma’lumot uchun beriladigan o‘n million dollarlik mukofot ham bekor qilinadi.
Ma’lumot uchun, “Hayat Tahrir ash-Shom” 2017 yilning 28 yanvarida tashkil etilgan. Tashkilot bir nechta davlatlar xususan, Rossiya, Turkiya, AQSH davlatlari tomonidan terrorchi tashkilot deb topilgan.
Eslatib o‘tamiz, 8 dekabrga o‘tar kechasi “Hayat Tahrir ash-Shom” guruhi Damashqqa kirib kelib, Asad rejimini qulatgan edi.
Live
BarchasiSuriyada KIP qo‘mondoni o‘ldirib ketildi
21 yanvar