Afrikaga Ebola qaytmoqda: Iturida 65 kishi virusdan halok bo‘ldi

Olam

image

Kongo Demokratik Respublikasi sharqidagi Ituri provinsiyasida Ebola virusining tarqalishi oqibatida 65 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Afrika Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgacha taxminan 246 ta kasallanish va 65 ta o‘lim holati qayd etilgan. Holatlar asosan Mongvalu va Rvampara oltin qazib oluvchi shaharlarida kuzatilgan. 65 ta o‘lim holatidan to‘rttasi laboratoriyada tasdiqlangan holatlar orasida qayd etilgan.

Ma’lumot uchun, Ebola birinchi marta 1976 yilda hozirgi Kongo Demokratik Respublikasida aniqlangan bo‘lib, virus odamlarga ko‘rshapalaklardan yuqqani taxmin qilingan. Bu – mamlakatda halokatli virusli kasallikning 17-marta avj olishi. U tana suyuqliklari bilan bevosita aloqa qilish va shikastlangan teri orqali tarqaladi, bu esa og‘ir qon ketishiga va organlar yetishmovchiligiga olib keladi.

Ebolaning dastlabki alomatlari isitma, mushak og‘rig‘i, charchoq, bosh og‘rig‘i va tomoq og‘rig‘ini o‘z ichiga oladi. Undan keyin qusish, diareya, toshma va qon ketishi kuzatiladi. Hozircha Ebolaga qarshi tasdiqlangan davo yo‘q.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, o‘rtacha o‘lim darajasi taxminan 50 foizni tashkil qiladi.

Poytaxt Kinshasadagi Biotibbiy tadqiqotlar milliy institutida o‘tkazilgan dastlabki testlarda Kongo Demokratik Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Milliy jamoat instituti bilan maslahatlashuvlardan so‘ng tahlil qilingan 20 ta namunadan 13 tasida virus aniqlangan. Hozirda virusning shtammini aniqlash uchun testlar ham o‘tkazilmoqda.

Ayni paytda Kongo hukumati epidemiya rasman avj olganini hali e’lon qilmagan.

Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda dunyo bo‘ylab boshqa virus – hantavirus ham tarqalmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Afrika Ebola Ituri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing