Afg‘onistonda urushdan qolgan bomba ikki kishining umriga zomin bo‘ldi

Olam

image

“Tolibon” nazoratidagi Kunar viloyatida urushdan qolgan portlovchi moddalarning portlashi oqibatida kamida 2 nafar mahalliy aholi vakili halok bo‘lgan. Bu haqda viloyat politsiya boshqarmasi xabar berdi.  

Qayd etilishicha, Nur Gul tumanining Mazar Dara qishlog‘ida urushdan qolgan snaryad (artilleriya o‘qi) portlashi oqibatida bir nafar bola halok bo‘lgan, olti kishi jarohat olgan. Shu bilan birga, mahalliy manbalarning xabar berishicha, viloyatning Asmar tumanida sodir bo‘lgan shunga o‘xshash hodisada bir ayol vafot etgan va yana ikki kishi tan jarohati olgan.

Politsiya boshqarmasi tarqatgan xabarga ko‘ra, Nur Gul tumanida urushdan qolgan snaryadning portlashi 6 yanvar kuni fuqarolardan birining uyida yuz bergan. Asmar tumanida sodir bo‘lgan portlash hodisasi ham shu kuni ro‘y bergan. Hodisada jarohat olganlar shifoxonaga yetkazilgan va hozirda davolanmoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasining (UNICEF) ma’lum qilishicha, Afg‘onistonda har oy kamida 55 kishi portlovchi moddalar portlashi oqibatida halok bo‘ladi, qurbonlarning 85 foizini bolalar tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHdagi Jorjtaun universiteti tadqiqotchilari yillik hisobotida 188 ta mamlakatdagi ayollar ahvolini o‘rganib, Afg‘onistonni ayollar uchun dunyodagi eng yomon mamlakat deb topgandi.  


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston urush

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing