Afg‘oniston ayollar uchun eng yomon mamlakat deb topildi
Olam
−
02 yanvar 7439 2 daqiqa
AQSHdagi Jorjtaun universiteti tadqiqotchilari 188 ta mamlakatdagi ayollar ahvolini o‘rganib chiqib, Afg‘onistonni ayollar uchun dunyodagi eng yomon mamlakat deb topdi. Bu haqda “Hasht e Subh Daily” xabar berdi.
Tadqiqot institutining 2025 yil 31 dekabrdagi yillik hisobotida ayollar xavfsizlik masalalari bo‘yicha eng past o‘rinlarni Afg‘onistondan keyin Yaman, Sudan, Gaiti va Burundi davlatlari egallagan.
Tadqiqot davomida ayollarning ijtimoiy ahvoli asosiy uchta ko‘rsatkich: inklyuzivlik, adolat va xavfsizlik tamoyillari asosida baholangan. Afg‘onistondagi ayollarning xavfsizligi va ularga adolat bilan munosabatda bo‘lish bo‘yicha boshqa mamlakatlarga qaraganda ancha pastroq. Shuningdek, ular eng zaif ijtimoiy guruhlar tarkibiga ham kiritilgan.
Qayd etilishicha, Afg‘onistonda ayollarning ta’lim olish va ishlash huquqiga qo‘yilgan bir qancha qattiq cheklovlar ularning asosiy xizmatlardan va insonparvarlik yordamidan foydalanishiga jiddiy ta’sir qilmoqda. Shuning uchun Afg‘oniston BMTning gender rivojlantirish indeksida Yaman keyingi eng past o‘rinda turadi.
Bundan tashqari, Afg‘oniston ko‘chalari ham ayollarning yurishi uchun xavfsiz hisoblanmaydi. Buning asosiy sababi mamlakatdagi “Tolibon” muvaqqat hukumati siyosati bo‘lib, ular o‘z qonunlari bilan ayollarning jamoat joylaridagi xatti-harakatlarini qattiq nazorat qiladi. Bu esa Afg‘oniston 2025 yil Global tinchlik indeksida dunyodagi beqaror davlatlar orasida eng past natijani qayd etganini ko‘rsatadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘onistonda faqat ayollar ishlaydigan va faqat ayol auditoriyaga mo‘ljallangan “Ayollar ovozi” (Nawaye Zan) radiostansiyasi ochilgan edi. Telekanal Hirot shahrida o‘z faoliyatini boshlagan va ayollar muammolari hamda manfaatlariga bag‘ishlangan kontent yaratuvchi va efirga uzatuvchi o‘ndan ortiq ayol jurnalist faoliyat yuritadi.
Live
Barchasi