Afg‘on xavfsizlik kuchlari Turkmaniston bilan chegaradagi portni “Tolibon”dan qaytarib oldi

Olam

image

Avvalroq “Tolibon” harakati jangarilari Afg‘onistonning Eron va Turkmaniston bilan chegarasidagi nazorat punktlarini egallab olgani haqida xabar bergan edik. Afg‘onistonning Turkmaniston bilan chegaradagi Akina savdo porti Afg‘oniston mudofaa va xavfsizlik kuchlari nazorati ostida qaytdi, deya xabar bermoqda Shoxin nomidagi Afg‘oniston Milliy armiyasi korpusi Matbuot markazi.

Xabarlarga ko‘ra, Akinada joylashgan qo‘shma hukumat kuchlariga rahbarlik qiluvchi 6-chegara brigadasi shtabi boshlig‘i, polkovnik Sebgatulla Nuri port ularning barqaror ishlashini ta’minlash uchun jiddiy xavfsizlik choralarini ko‘rganini aytdi. 

“Bu sohadagi xavfsizlik holati hukumat kuchlarining to‘liq nazorati ostidadir, Akina savdo portidan 12 kilometr radiusda “xavfsizlik kamari” yaratilgan va biz terrorchilarning ishingizga aralashishiga yo‘l qo‘ymaymiz”, deydi Nuri 209-korpus matbuot Markazi tomonidan keltirilgan ma’lumotda.

Akina — Turkmaniston bilan chegaradosh ikkita portdan biri. Ikkinchisi, g‘arbiy Hirot viloyatidagi Turg‘undi hali ham toliblar nazorati ostida. Akina portini ozod qilish ishlari haqida to‘liq xabar berilmagan.

Ayni paytda Afg‘oniston Mudofaa vazirligi matbuot Markazi o‘tgan kun davomida butun mamlakat bo‘ylab to‘qnashuvlar paytida 206 nafar “Tolibon” a’zosi o‘ldirilgani, 101 kishi yaralangani va 13 kishi hibsga olinganini xabar qildi. Harbiy bo‘lim ma’lumotlariga ko‘ra, to‘qnashuvlar kun bo‘yi Lagman, Kunar, Nangarhar, Qandahor, Badg‘is, Jauzjon, Samangan, Sari-Pul, Balx, Taxar va Bamian viloyatlarida davom etgan.

Avval xabar berganimizdek, Afg‘oniston shimoli-g‘arbiy qismidagi Badg‘is viloyatining barcha tumanlari “Tolibon” nazorati ostiga o‘tdi.

Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov esa Xavfsizlik Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishini o‘tkazib, unda Berdimuhamedov va harbiy idoralar rahbarlari qo‘shni Afg‘onistondagi beqaror vaziyatni muhokama qilib, ikki mamlakat chegarasida turkman qo‘shinlarining harbiy safarbarligini oshirish imkoniyatini ko‘rib chiqqandi.

9 iyul kuni “Tolibon” harakati Turkmaniston bilan chegaradagi Turg‘undi shahrini egallab olib, jang paytida snaryadlarning bir qismi Turkmaniston hududiga o‘tganidan so‘ng Turkmaniston Afg‘oniston bilan chegaraga harbiy qo‘shin va texnikalarini joylashtirishni boshladi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Turkmaniston “Tolibon”

Baholaganlar

258

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing