Abbosbek Fayzullayevga Turkiyaning grand klubi qiziqish bildirmoqda

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi va Rossiyaning SSKA klubi futbolchisi Abbosbek Fayzullayev faoliyatini Turkiyaning “Fenarbahche” klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda “Sporx.com” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Istanbul klubi bosh murabbiyi Ismoil Kartal klub prezidenti Ali Kochdan qishki transfer oynasidayoq Fayzullayevni jamoaga olib kelishni so‘ragan.

“Fenerbahche” o‘tgan yozda ham o‘zbekistonlik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga uringan, biroq Fayzullayev yakunda Rossiya variantini tanlagan.

Ma’lumot uchun, Turkiya Superligasining ortda qolgan 8 ta turidan so‘ng “Fenerbahche” turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda. Jamoa hisobida 24 ochko mavjud.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Turkiya TsSKA Abbosbek Fayzullaev Fenarbahche

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing