Ahmadaliyev chempionlik jangi oldidan nimalar dedi?

Sport

image

Professional boksning super yengil vazn toifasida IBF va WBA  yo‘nalishi bo‘yicha Jahon chempioni Murodjon Ahmadaliyev (9-0) joriy yilning 19 noyabr kuni chililik Xose Velaskesga (29-6-2) qarshi ringga ko‘tariladi. Jangdan avval Ahmadaliyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Umid qilamanki, Ronni o‘zini yaxshi his qilmoqda. Uning men bilan jang qila olmasligi achinarli holat, ammo Xose uchun ajoyib imkoniyat va ishonchim komilki, ushbu jangda bor kuchini ishga soladi. O‘quv-mashg‘ulotlarimiz uzoq davom etdi, jang bir necha marta bekor qilindi, lekin tayyorgarlikni to‘xtatmadim. Kamarlarimni himoya qilishga tayyorman. Joel Diac va jamoa a’zolari juda ahil. U bilan ko‘p hazillashamiz, biroq mashg‘ulotlarda qattiqqo‘l. Bizning ingliz, ispan, o‘zbek va rus tillari aralashmasidan yaratilgan “maxsus” tilimiz bor. Boksni chuqurroq o‘rganish uchun harakatdan to‘xtamaymiz”, deydi Ahmadaliyev

Eslatib o‘tamiz, Murodjon Ahmadaliyevning amerikalik Ronni Riosga (33-3) qarshi o‘tkaziladigan jangi amerikalik bokschida koronavirus aniqlangani sababli bekor qilingan edi. Shu sababli Riosning o‘rnini Xose Velaskes egallagan. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Murodjon Ahmadaliev WBA IBF Ronni Rios Xose Velaskes

Baholaganlar

75

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing