Ahmadaliyev bo‘lajak jangi oldidan face-to-face'da qatnashdi (video)
Sport
−
12 dekabr 2024 7979 1 daqiqa
Ikkinchi eng yengil vazn toifasida sobiq jahon chempioni, o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyev 14 dekabr kuni Monakoda tashkil etiladigan boks oqshomi doirasida WBA Interim kamari uchun jang qiladi.
Jang oldidan Ahmadaliyev meksikalik Rikardo Espinoza bilan nigohlar jangida ishtirok etdi.
Ma’lumot uchun, 30 yoshli Ahmadaliyevning 27 yoshli raqibi Rikardo Espinoza Franko shu vaqtga qadar profboksda 34 ta jang o‘tkazib, 30 ta g‘alaba va 4 ta mag‘lubiyat qayd etgan. Janglarining 25 tasida raqiblarini nokautga uchratgan.
Qayd etish joiz, Rikardo Espinoza Franko ustidan g‘alaba qozonsa, Ahmadaliyev vaznning mutlaq chempioni yaponiyalik Naoya Inoue bilan 100 kun ichida jang qilish bo‘yicha kelishib olishi kerak bo‘ladi.
Live
Barchasi