9 oyda xorijdan necha milliard dollar yuborilgani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

2021 yilning 9 oyida O‘zbekistonga kirib kelgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi 5,7 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu 2020 yilning mos davriga (4,3 mlrd. dollar) nisbatan 34,2 foizga, 2019 yilning mos davriga (4,5 mlrd. dollar) nisbatan esa 29 foizga ko‘p. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning o‘tgan davrida global iqtisodiy sharoitlarda asosiy oziq-ovqat tovarlari va energiya resurslari narxining sezilarli qimmatlashishi fonida inflyatsion jarayonlarning tezlashishi hamda bunga javoban ko‘pchilik rivojlanayotgan mamlakatlarda pul-kredit sharoitlarining qat’iylashtirilishi kuzatildi.

Shuningdek, jahonda yalpi talabning tezkor sur’atlarda tiklanishi xalqaro energiya bozorida ham narxlarning sezilarli darajada oshishiga olib kelmoqda.

2021 yilning 9 oyida eksport hajmi (oltin eksportini hisobga olmaganda) o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 34 foizga o‘sdi. Iqtisodiy faollikning jadallashishi va asosiy iqtisodiy tarmoqlarda ishlab chiqarish jarayonlarining tiklanishi sharoitida joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida import hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,7 foizga o‘sdi va pandemiyadan oldingi darajasiga yetgan.

“Asosiy savdo-hamkor davlatlar (Turkiyani hisobga olmaganda) milliy valyutalari almashuv kurslarida ham yil boshidan buyon keskin o‘zgarishlar kuzatilmaganligi, real samarali almashuv kursi bo‘yicha tafovutni yuzaga keltirmadi”, deyiladi regulyator xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

dollar Markaziy bank

Baholaganlar

188

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing