9 aprel kuni Chilonzor tumanining ayrim hududlari gazsiz qoladi

Jamiyat

image

Ertaga, 9 aprel kuni soat 11:00dan 17:00gacha Toshkent shahar Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasidagi ayrim ob’ektlarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Toshkent shahar hududiy gaz ta’minoti tarmoqlari bo‘limi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bu hududda o‘rta bosimli D-108 mm xajmga ega gaz quvuridagi gaz sizib chiqishi bilan bog‘liq kamchilikni bartaraf qilish ishlari olib boriladi.

Aholi turar joylari:

4 ta 4 qavatli uyda

Maishiy-kommunal ob’ektlar:

Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutining suv havzasida

Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutining qozonxonasida


Maqola muallifi

Baholaganlar

15

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing