8:0? Bunday natija “Real”ga qarshi uchrashuvda bo‘lmaydi – Gvardiola
Sport
−
27 aprel 2022 5646 1 daqiqa
Kecha, 26 aprel kuni Yevropa Chempionlar ligasi yarim finali doirasida “Manchester Siti” o‘z maydonida Madridning “Real” klubini qabul qildi va 4:3 hisobida o‘ta qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Uchrashuvdan keyin “shaharliklar” ustozi Xosep Gvardiola jamoasi uchun 8:0 hisobi yaxshi bo‘lishini, biroq “Real”ga qarshi uchrashuvlarda bunday natijalarga erishishning iloji yo‘qligini aytgan. Bu haqda jurnalist Alfredo Pedulla o‘zining rasmiy saytida ma’lum qilgan.
“Albatta, muxlislar uchun qiziqarli o‘yin bo‘ldi. Biz yirikroq hisobda g‘alaba qozonishni xohlagandik, ammo 4:3 yaxshi natija. Biz o‘z o‘yinimizni ko‘rsatish uchun Madridga boramiz, lekin bu “Real Madrid” ekanligini unutmang, ular hujumda ajoyib qurolga ega. Murabbiy o‘z jamoasining ajoyib o‘ynayotganini ko‘rganida, Chempionlar ligasi yarim finali bo‘lsa ham, natija eng muhimi bo‘lmaydi. Jamoangiz yaxshi o‘yin o‘tkazdimi? Biz uchun 8:0 yaxshiroq bo‘lardi, ammo bu Yupiter yoki Marsda sodir bo‘lishi mumkin. “Real” bilan o‘yinlarda bunday bo‘lmaydi”, degan Gvardiola.
Ma’lumot o‘rnida, “Real” va “Siti” o‘rtasidagi javob uchrashuvi 4 may kuni Madriddagi “Santyago Bernabeu” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Ma’ruf Abdumalikov
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr