41 yoshli Ronaldu Portugaliya terma jamoasiga chaqiruv oldi
Sport
−
18:17 344 1 daqiqa
Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasining Millatlar ligasidagi o‘yinlari uchun chaqiruv oldi. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Bu 41 yoshli futbolchining 2026 yilgi Jahon chempionatidan keyin milliy terma jamoaga ilk bor chaqirilishi bo‘ladi. Jorje Jezus shogirdlari bo‘lajak uchrashuvlarda Uels (24 sentyabr), Norvegiya (27 sentyabr) va Daniya (1 oktyabr) terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi milliy jamoadagi faoliyatini yakunlagani haqida xabar berilgandi. Keyinchalik Argentina terma jamoasi Messi sentyabr va Oktyabr oylarida bo‘lib o‘tadigan FIFA kunlari uchun terma jamoada bo‘lishini va u uchun xayrlashuv uchrashuvi tashkil etilishini ma’lum qildi.