Portugaliyada Ronaldu sur’ati tuşirilgan banknota çiqarilişi mumkin
Sport
−
17:53 405 2 daqiqa
Portugaliyalik yulduz Kriştianu Ronaldu öz vatanida öziga xos tarzda taqdirlanişi mumkin. Mamlakatda afsonaviy futbolçining portretini 50 yevro banknotiga joylaştiriş taklifi ilgari surildi. Bu haqda “MatchDay Central” naşri xabar berdi.
Naşrning xabar berişiça, ayrim portugaliyalik siyosatçilar bu ğoyani Ronalduning yutuqlarini munosib e’tirof etiş usuli deb hisoblamoqda. Ular futbolçining sportdagi köplab muvaffaqiyatlari va Portugaliyaning xalqaro obrösini oşirişga qöşgan hissasini qadrlaşni taklif qilmoqda.
Şu bilan birga, taşabbus mualliflari hozirça noma’lum, rasmiy taklifning tafsilotlari ham oşkor etilmagan. Portugaliya rasmiylari ham, Yevropa Markaziy banki ham bunday banknot çiqarilişi mumkinligini tasdiqlamagan.
Uşbu taşabbusni amalga oşirişda muayyan tösiqlar mavjud. Portugaliya yevro banknotlari dizaynini mustaqil ravişda özgartira olmaydi, çunki bunday qarorlar Yevrosistema darajasida qabul qilinadi. Yevropa Markaziy banki ayni paytda Yevropa madaniyati va tabiatini aks ettirişi kerak bölgan yangi yevro banknotlari dizayni ustida işlamoqda. Yangilaş böyiça yakuniy qaror 2026 yil oxirida qabul qilinişi kutilmoqda.
Qayd etiş joiz, bu Ronaldu nomini milliy valyutada abadiylaştiriş bilan boğliq birinçi taşabbus emas. 2025 yil dekabr oyida Kriştianu Ronalduga bağişlangan maxsus 7 yevro banknoti çiqarilişi haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq Portugaliya banki internetda tarqalgan bu turdagi xabarlarni rad etgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ronaldu milliy terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan edi. Şuningdek, Portugaliya terma jamoasi Ronaldu köp yillar davomida kiyib kelgan maşhur 7-raqamning dizaynini yangilagani haqida xabar berilgandi. Yangi körinişda gorizontal çiziq paydo bölgan, avvalgi dizayn esa afsonaviy hujumçining merosi ramzi sifatida saqlab qolingan.
Live
Barchasi