24 nafar O‘zbekiston fuqarosi AQSHdan deportatsiya qilindi
Jamiyat
−
11 iyun 5083 1 daqiqa
Bugun, 11 iyun kuni AQSHning migratsiya qonunchiligini buzgani uchun deportatsiya qilingan 24 nafar O‘zbekiston fuqarosi charter reys orqali Toshkentga olib kelindi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, o‘zbekistonliklarning qaytarilishi O‘zbekiston va AQSH vakolatli idoralarining kelishilgan hamkorligi natijasi hisoblanadi. Ikki tomonlama hamkorlik doirasida fuqarolarning shaxsini aniqlash, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish va xavfsiz olib kelishni ta’minlash kabi barcha tashkiliy-huquqiy tartib-taomillar tezkorlik bilan kelishib olingan.
“O‘zbekiston migratsiya qonunchiligi buzilishining oldini olish hamda chet eldagi O‘zbekiston fuqarolarining huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xorijiy hamkorlar bilan o‘zaro aloqalarni doimiy asosda davom ettirmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 26 nafar O‘zbekiston fuqarosi AQSHning migratsiya qonunchiligini buzgani uchun deportatsiya qilingandi.
Live
Barchasi