22 yoshli futbolchi o‘yin oldidan vafot etdi
Sport
−
06 Oktabr 2025 3671 1 daqiqa
Angliyada yarim professional “Heshteg Yunayted” futbol klubi o‘yinchisi yurak xuruji sababli vafot etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
4 oktyabr kuni jamoa ishtirokidagi navbatdagi bahsdan oldin jamoaning 22 yoshli futbolchisi Raman Sidxu yurak xurujiga uchragan.
Klub bayonotiga ko‘ra, shifokorlar va qutqaruvchilarning ikki soatdan ziyod davom etgan sa’y-harakatlariga qaramay, yosh futbolchining hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmagan.
“Ikki soatdan ortiq tinimsiz harakat qilgan qutqaruvchilarning barcha urinishlariga qaramay, afsuski, Raman vafot etdi. Biz uning oilasi, jamoadoshlari va uni tanigan barcha insonlarga chuqur ta’ziya bildiramiz”, deyiladi klub xabarida.
Ma’lumot uchun, “Heshteg Yunayted” jamoasi dastlab YouTube’dagi media loyiha sifatida ish boshlagan, biroq vaqt o‘tishi bilan Angliya futbol tizimida e’tirof etilgan to‘laqonli futbol klubiga aylangan. Hozirda klub Angliyada sakkizinchi o‘rinda turuvchi Ismian ligasida ishtirok etmoqda.
Jahongir Inomjonov
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025