2025 yilda narkotik ekkan 211 kishi qamaldi

3-sahifa

image

2025 yilda Jinoyat kodeksining 270-moddasi (taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) bilan 1 912 nafar shaxs sudlanib, jinoiy javobgarlikka tortildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi.

Sudlangan shaxslarning 211 nafariga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish, 1 687 nafariga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan. 14 nafar shaxs shartli hukm qilingan.

4 nafar shaxsga tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan.

Ushbu jinoyat turi bilan bog‘liq eng ko‘p ishlar Farg‘ona, Samarqand, Toshkent, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida ko‘rilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida hovlisida 511 tup giyohvandlik o‘simligi ekkan 85 yoshli shaxs ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

narkotik Aziz Obidov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing